17 apr 13:46
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/62736_220.jpg)
Rasman. Golovkinning raqibi va jang sanasi malum
O'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkinning raqibi va jang sanasi rasman elon qilindi.
Qozog'istonlik bokschi 8 iyun kuni kanadalik 35 yoshli raqibi, faoliyatini mag'lubiyatsiz davom ettirayotgan Stiv Rolls (19-0,10KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Jang Nyu-York shahridagi mashhur “Medison Skver Garden” arenasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Golovkin oxirgi jangini Saul Alvaresga qarshi o'tkazib, mag'lubiyatga uchragan va buning natijasida barcha kamarlaridan mahrum bo'lgan edi. Rolls esa so'nggi jangini 2018 yilning dekabrida Keander Lezervudga qarshi o'tkazib, hakamlarning qarori bilan g'alaba qozongandi.
Havola :
Fikrlar