08 fev 13:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Gvozdik ilk himoya jangini Ngumbuga qarshi o'tkazadi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Aleksandr Gvozdik ilk himoya jangini o'tkazadi.
Ukrainalik jahon chempioni 30 mart kuni Filadelfiya shahrida franciyalik 37 yoshli Dudu Ngumbuga qarshi ringga ko'tariladi. Bu Gvozdik uchun ilk chempionlik himoya jangi bo'ladi.
Etiborlisi, Ngumbu faoliyati davomida ikki marotaba Ukrainada jang o'tkazishga ulgurgan. Dudu professional ringda jami 46ta jang o'tkazgan. Ana shu janglarning 38tasida g'alabaga erishgan. 14ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. O'zi esa 8 bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar