14 fev 09:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Joshua - Miller jangining manzili va sanasi tasdiqlandi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua yoz faslining birinchi kuni ringga ko'tariladi.
Britaniyalik jahon chempioni 1 iyun kuni AQSHning Nyu-York shahridagi muhtasham Madison Square Garden arenasida amerikalik Jarrel Millerdan o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik kamarlarini himoya qiladi.
Bu malumotni Joshuaning promouteri Eddi Xirn ham rasman tasdiqladi. CHempionlik jangi DAZN platformasi hamda Sky Sports telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri translyaciya qilinadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar