14 apr 09:37
Yangiliklar
Rasman: Karlush Keyrush Gana terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Ushbu masuliyatli vazifa tajribali portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrushga topshirildi.
Keyrush Gana terma jamoasini bo'lajak mundialda boshlab boradi. Mutaxassis o'z faoliyati davomida Portugaliya, Qatar, Eron, Misr, Kolumbiya, Janubiy Afrika Respublikasi va BAA kabi milliy terma jamoalarni boshqargan. Klublar miqyosida esa Madridning "Real", Lissabonning "Sporting" jamoalaridagi faoliyati hamda "Manchester Yunayted" murabbiylar shtabidagi ishtiroki bilan mashhur.
JCH-2026 guruh bosqichida Gana milliy terma jamoasi Angliya, Xorvatiya va Panama vakillariga qarshi bahs olib boradi. Eslatib o'tamiz, navbatdagi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida bo'lib o'tadi.
Tajribali Keyrush "qora yulduzlar" bilan guruhdan chiqish vazifasini uddalay oladimi? Buni tez orada mundial bahslarida ko'rib olamiz.

Fikrlar