15 sen 11:03
Yangiliklar
Pereyra Aspinallning UFC kamaridan voz kechish qaroridan so'ng muxlislardan yordam so'radi
Braziliyalik sobiq chempion o'ziga navbatdagi raqibni tanlashda aynan muxlislaridan yordam so'ramoqda.
"Men hozir Vegasdaman va jang qilishni juda xohlayman. Bu yil yana bitta jang o'tkazmoqchiman va sizlarning fikringizni bilmoqchiman, chunki u juda muhim.
Bu tashkilot uchun ham navbatdagi raqibni tanlashda muhim ahamiyatga ega. Hamma biladiki, muxlislar va ommaning tasiri katta.
SHuning uchun, sizlardan izohlarda navbatdagi raqibim kim bo'lishi kerakligi haqidagi fikrlaringizni yozib qoldirishingizni so'rayman", — dedi Pereyra ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan videoda.
Avvalroq "Poatan" UFC Brasil'ga bergan intervyusida 14 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 334 turnirida Siril Gan bilan uchrashishni istashini malum qilgandi.
Eslatib o'tamiz, u iyun oyida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun bo'lgan jangda Ganga texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi. SHuningdek, u yarim og'ir vazn toifasiga qaytish imkoniyatini ham istisno etmadi.
Tom Aspinall kamaridan voz kechish qarorini ko'zining qayta jarohatlangani bilan izohladi, bu esa uning oktagonga qaytishiga imkon bermayapti.

Fikrlar