07 sen 15:45
Yangiliklar

Rasman. Klichko - Fyuri jangi sanasi tasdiqlandi
Unga ko'ra, professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko (64-4, 53 KO) hamda amaldagi chempion britaniyalik Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) o'rtasidagi chempionlik revansh jangi 29 oktyabr kuni Angliyaning Manchester shahridagi “Manchester Arena”da bo'lib o'tadi.
Bu malumotni ukrainalik bokschi o'zining Facebook ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida ham tasdiqladi.
“Hammaga salom. Nihoyat, revansh jangi sanasi tasdiqlandi. 29 oktyabr kuni “Manchester Arena”da barchani kutaman”, – deb yozgan Klichko.
Aslida ushbu jang 9 iyul kuni o'tkazilishi kerak edi. Lekin Fyurining kutilmaganda oyog'idan olgan jarohati jang muddatining o'zgarishiga sabab bo'lgandi. O'sha paytda xarid qilingan chiptalar o'z kuchida qoladi.
Fikrlar