17 may 08:14
Yangiliklar
Rasman! Konor Makgregor besh yillik tanaffusdan so'ng qaytmoqda + POSTER
11 iyul kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 329 turnirining asosiy jangida irlandiyalik Konor Makgregor amerikalik Maks Xolloueyga qarshi revansh maqomidagi bahsda oktagonga chiqadi. Liga ushbu jangni rasman tasdiqladi. Jang yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi.
Bu ikki aralash yakkakurash ustasining ilk jangi 2013 yilning avgust oyida o'tkazilgan bo'lib, o'shanda Xolloueyning g'alabasi bilan yakunlangan edi. Maks hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchgandi.
SHundan so'ng irlandiyalik engil va yarim engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarlarini qo'lga kiritib, tashkilotning birinchi ikki karra chempioniga aylandi, amerikalik esa yarim engil vazn toifasida chempion, shuningdek, BMF kamari sohibi bo'ldi.
Konor Makgregor besh yil avval Dastin Porega qarshi jangda oyog'idan og'ir jarohat olganidan beri oktagonga chiqmagan, Maks Xollouey esa joriy yilning mart oyida hakamlarning yakdil qarori bilan CHarlz Oliveyraga yutqazib, BMF kamarini boy bergandi.

Fikrlar