08 dek 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Kovalyov - Alvares 2 jangining qachon o'tkazilishi malum
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov Eleyder Alvaresdan revansh olishga urinib ko'radi.
Rossiyalik bokschi 2 fevral kuni AQSHning Texas shahri Frisko shahrida amaldagi WBO chempioni Eleyder Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi. Bu malumotni Top Rank promouterlik kompaniyasi rasman tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, bu ikki bokschi o'rtasidagi ilk jang shu yilning avgust oyida o'tkazilgandi. O'shanda Alvares WBO chempioni bo'lib turgan Kovalyovni ettinchi raundda texnik nokautga uchratib, o'z g'alabasini tantana qilgan edi.
Malumot uchun, Sergey Kovalyov o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo'latov qo'l ostida o'z mashg'ulotlarini o'tkazib keladi. Bu mutaxassis Fazliddin G'oibnazarovning murabbiyi hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar