16 jan 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Krouford - Xan jangi aprelda o'tkaziladi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Terens Krouford navbatdagi chempionlik himoya jangini aprel oyida o'tkazadigan bo'ldi.
Amerikalik jahon chempioni birinchi yarim o'rta vaznda sobiq jahon chempioni britaniyalik Amir Xanga qarshi ringga ko'tariladi. Bu malumotni Top Rank promouterlik kompaniyasi tasdiqladi.
Bu ikki mashhur bokschi o'rtasidagi chempionlik jangi 20 aprel kuni bo'lib o'tadi. Hozir jang manzili aniq emas. Tashkilotchilar Nyu-Yorkdagi Medison Skver-Garden arenasini mo'ljallashyapti.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar