So’nggi yangiliklar

19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0 17:49Арман Царукян навбатдаги жангини Чарльз Оливейрага қарши ўтказади — манба 0 17:04Эркин курашчиларимиз Туркиядаги халқаро турнирда қатнашади, Разамбек ҳам таркибда 0 16:17Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги санаси маълум бўлди 0 15:36Возинья, Кукурелья, Олисе, Мбаппе, Месси… ФИФА ЖЧ-2026 рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 15:01Магомед Анкалаев Богдан Гусков билан жангни «машғулот» деб атади 0 14:33Осиё чемпионати. Синхрон сузиш баҳсларида 2 та олтин медал қўлга киритилди 0 13:58Бивол Бетербиевга қарши жанг учун WBO чемпионлик камарини бўшатиши мумкин 0 13:27Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Ўйинларида қийин гуруҳдан жой олди 0 12:48Богдан Гусков Анкалаев билан жанг тўғрисида: "Бу мен учун навбатдаги имтиҳон" 0 12:05Ганбол бўйича аёллар термамизнинг Осиё ўйинларидаги рақиблари аниқланди 0 11:27Анкалаев Гусков билан жанги ҳақида: «У барчасини тушуниб етади» 0 10:59Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари маълум бўлди 0 10:36Нурсултон Рўзибоев: "Ишга келдик яна" (ФОТО) 0

20 dek 08:34
Yangiliklar

Kurash

Rasman! Kurash Islom Birdamlik o'yinlari 2025 dasturiga kiritildi

Albaniyaning Tirana shahrida Islom birdamligi sport associaciyasi (ISSA)ning 13-Bosh assambleyasi o'tkazildi.

Jahon sporting eng nufuzli sport tashkilotlaridan biri hisoblangan ISSAning yig'ilishida Xalqaro Kurash associaciyasi Prezidenti Haydar Farmon ham ishtirok etdi. Ushbu assambleya davomida u ISSA Prezidenti shahzoda Abdulaziz Bin Turki Al-Faysal va Bosh kotib janob Nosir Majali bilan muzokaralar olib bordi. 

Muzokaralarda ISSA Prezidenti Kurash islomiy qadriyatlarga mos eng oliyjanob sport turi ekanligini etirof etdi. Kurash Islom Birdamlik o'yinlarining bir qismiga aylanganligini mamnuniyat bilan elon qildi.

2025 yilda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadigan Islom birdamlik o'yinlarida Kurash bo'yicha rasmiy bellashuvlar ham o'tkaziladi. Uchrashuv davomida Islom xalqlari o'rtasida kurashni yanada rivojlantirish, talim va targ'ibot yo'nalishlarida bir qator vazifalarni bajarish kabi majburiyatlar kelishib olindi.

Ushbu jarayonning bir qismi sifatida tez orada IKA texnik direktori ISSA Texnik departamenti bilan hamkorlikda musobaqa uchun vazn toifalari va boshqa texnik tafsilotlarni yakunlash bo'yicha uchrashuvlar belgilandi.

2025 yilgi Islom birdamlik o'yinlari Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan o'tkaziladi va bu qaror butun dunyo kurash jamoatchiligi uchun katta yutuqdir. Butunjahon Kurash oilasini yangi yil arafasida Kurash sportini Islom Birdamlik  o'yinlari Dasturiga rasman kiritilganligi bilan samimiy tabriklaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing