14 iyu 20:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Mahmud Muradov 27 iyul kuni oktagonga chiqadi FOTO
MMA qoidalari asosida oktagonga chiqib kelayotgan Mahmud Muradovning navbatdagi jang sanasi rasman malum qilindi.
Avval xabar berganimizdek, Muradov 27 iyul kuni CHexiya poytaxti Praga shahrida Octagon 13 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Hozircha uning bo'lajak jangdagi raqibi malum emas. Tez orada hamyurtimizning menejerlari bu haqda aniq malumot berishadi.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov 8 iyun kuni Slovakiyaning Bratislava shahrida tashkil etilgan Octagon 12 turnirida braziliyalik Uda Pereyrani jangning birinchi raundidayoq nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar