01 noy 08:24
Yangiliklar
![](/upload/storage/21807_220.jpg)
Rasman. Mahmud Muradov revansh jangi o'tkazadi
Hamyurtimiz shu kuni CHexiyaning Praga shahridagi “O2 Arena”da ushbu mamlakat zaminidagi so'nggi jangida oktagonga ko'tariladi. Uning raqibi David Ramires bo'ladi. Bu bahs Muradov uchun revanshga aylanadi.
Boisi, o'tgan yilning dekabr oyida aynan Ramiresga jarohati sabab imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Mahmud o'sha mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlashga harakat qiladi.
Ushbu jang Muradovning XFN tashkiloti bilan imzolagan shartnomasi bo'yicha so'nggi jang hisoblanadi. U 7 dekabr kungi jangidan so'ng AQSHga yo'l oladi va Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik klubi bayrog'i ostida o'z janglarini o'tkaza boshlayli. Muradov katta ehtimol bilan “Bellator” tashkiloti o'tkazadigan janglarda ishtirok etadi.
"CHexiyadagi so'nggi jangimni ham muvaffaqiyatli yakunlashni maqsad qilganman. Ramires bilan kelishuvga erishdik va rasman 7 dekabr kuni shu raqibimga qarshi jang o'tkazaman. SHundan so'ng AQSHga jo'nab ketaman", - dedi saytimizga bergan intervyusida Muradov.
Fikrlar