03 fev 10:18
Yangiliklar
Futbol
Rasman. Markus Reshford MYUdan ketdi + FOTO
Markus Reshford faoliyatini "Aston Villa" klubida davom ettiradi.
Birmingemliklar hujumkor futbolchini 40 million funtga sotib olish huquqi bilan yarim yilga ijaraga oldi. Ijara vaqtida "Aston Villa" Markusning oyligini 75 foizini to'laydi, qolganini MYU qoplab beradi.
Malumot uchun, 27 yoshli hujumchi 12 dekabrdan beri "MYU" safida maydonga tushmayotgandi. Uning asosiy tarkibdan chetlatilishi mankunianliklar ustozi Ruben Amorimning qarori bilan bog'liq edi. Reshford bu mavsumda 24 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 2 ta golga assist qayd etgan.
Havola :
Fikrlar