09 avg 15:16
Yangiliklar
Futbol

Rasman: MYU SHeshkoni "Leypcig"dan sotib oldi
Benyamin SHeshko "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylandi.
22 yoshli hujumchi mankunianliklar bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
"RB Leypcig" bilan kelishuv summasi 76,5 mln evroni tashkil etishi, yana 8,5 mln evro bonus sifatida to'lanishi mumkinligi xabar qilingan.
Avvalroq, nemis klubi ham "Nyukasl"ning 82,5+2,5 mln evrolik taklifini qabul qilgan, ammo futbolchining o'zi Manchester jamoasiga o'tishni maqul ko'rgandi.
Benyamin Bundesliganing o'tgan mavsumida 33 ta o'yinda 13 ta gol urgan.
Havola :
Manba : x.com/ManUtd
Fikrlar