07 apr 07:26
Yangiliklar
Futbol

Rasman: O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi – Jahon chempionatida!
O'zbekiston terma jamoasi U-17 Osiyo Kubogida muddatidan oldin 1/4 final masalasini hal etgan holda Jahon chempionatiga yo'llanma oldi.
"Oq bo'rilar" Osiyo kubogining 1-turida Tailandni 4:1 hisobida, 2-turda Xitoyni 2:1 hisobida taslim etdi. Terma jamoamizning kechaning o'zida mundialga yo'llanma olishi uchun Saudiya Arabistoni Tailandga mag'lub bo'lmasligi kerak edi.
Amalda shunday ham bo'ldi. O'yinda saudlar janubi-sharqiy osiyoliklar ustidan g'alabaga erishdi va shu tariqa O'zbekiston U-17 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar