09 mar 11:10
Yangiliklar

Rasman. Parker WBO chempionlik kamarini Fyuridan himoya qiladi
Bu malumotni Duco Events promouterlik kompaniyasi rasmiylari tasdiqlashdi. Jozef Parker aynan ushbu kompaniya nomidan o'z janglarini o'tkazib kelyapti. CHempionlik jangi 6 may kuni Parkerning vatani - Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida bo'lib o'tadi.
Har ikkala bokschi ham faoliyatlari davomida hali mag'lubiyatga uchrashmagan. Xatto durang natija ham qayd etishmagan. SHu boisdan, ushbu chempionlik jangiga bo'lgan qiziqish juda ham yuqori.
Takidlash joiz, Duco Events promouterlik kompaniyasi jang huquqi uchun o'tkazilgan ochiq savdoda 3 million dollar taklif qilgandi. Britaniyalik promouter Frenk Uorrenning taklifi esa 2,8 million dollarni tashkil qilgandi. Parker 3 mln. dollarning 60 foiziga ega bo'ladi.
Fikrlar