01 noy 07:56
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21805_220.jpg)
Rasman: Povetkin - Xammer jangi tasdiqlandi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni rossiyalik Aleksandr Povetkin (32-1, 23 KO) o'zining navbatdagi jangini 15 dekabr kuni o'tkazadigan bo'ldi.
Povetkin Ekaterinburg shahri mezbonlik qiladigan boks oqshomi doirasida ruminiyalik Kristian Xammer (22-4, 12 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Rossiyalik bokschining jamoasi bo'lgan “Mir boksa” prmouterlik kompaniyasi rasmiy saytida bu xabar rasman elon qilindi.
Takidlash joiz, Kristian Xammer o'zining so'nggi beshta
jangida raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan. Oxirgi jangida Zin Benmaxlufdan ustun
kelgan. Povetkin esa shu yilning iyul oyida Andrey Rudenkoni mag'lub eta olgan
edi.
Havola :
Fikrlar