10 fev 18:48
Yangiliklar
Futbol

Rasman: Qozog'istonlik futbolchi "CHelsi"ga o'tdi
Qozog'istonlik hujumchi Dastan Satpaev faoliyatini Londonning "CHelsi" jamoasida davom ettiradi.
Bu haqda Olmaota klubi matbuot xizmati malum qildi.
"Qayrat" va "CHelsi" 16 yoshli hujumchining transferi borasida kelishuvga erishgan. 2026 yilning yozida, balog'at yoshiga etganidan so'ng, u rasman ingliz klubiga o'tadi. Ungacha Satpaev "Qayrat" safida o'ynashda davom etadi.
Dastan Olmaota shahrida tug'ilgan, 8 yoshida "Qayrat" akademiyasiga kirib, tayyorgarlikning barcha bosqichlaridan o'tgan. 2024 yilning may oyida 15 yoshli Satpaev asosiy jamoada debyut qilgan "Qayrat" tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
Havola :
Manba : fckairat.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar