22 iyu 20:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Qudratillo Abduqahhorovning chempionlik jangi sanasi o'zgardi
Avvalroq Qudratillo Abduqahhorov 26 sentyabr kuni AQSHda navbatdagi jangini o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Ammo bokschimizning chempionlik jangi sanasiga o'zgartirish kiritildi. Malum bo'lishicha, Abduqahhorov rossiyalik Sergey Lipenecga qarshi jangni 10 oktyabr kuni AQSHning Konnektikut shtatida o'tkazadigan bo'ldi.
Bahsga "Sun Casino" arenasi mezbonlik qiladi. Jang IBFning vaqtinchalik chempionlik kamari uchun tashkil etiladi. Jang "Showtime" telekanali orqali translyaciya qilinadi.
Malumot uchun, Qudratillo shu kungacha prof boksda 17 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut). Lipinecning janglari soni ham 17 tani tashkil etadi. Faqat u 16 ta jangda g'olib bo'lgan (12 ta nokaut). 1 ta jangda esa yutqazib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar