10 avg 06:07
Yangiliklar

Rasman. Ruis - Joshua revansh jangi tasdiqlandi, sana va manzil ham aniq! FOTO
WBA Super, WBO, IBF va IBO yo'nalishlarida jahon chempioni bo'lib turgan meksikalik Endi Ruis hamda ushbu kamarlarning sobiq sohibi britaniyalik Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jangi shu yilning 7 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Jang manzili sifatida Saudiya Arabistonining poytaxt Ar-Riyodga yaqin Ad-Diriya shahri tanlandi. Bu haqda britaniyalik mashhur promouter, Joshuaning ishini yurituvchi Eddi Xirn o'zining “Tvitter” ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni hukumati ushbu revansh jangini o'zida o'tkazish va jangga egalik qilish huquqi uchun 100 million dollar to'lashga tayyor ekanligi malum bo'lgan edi. Ruis va Joshua o'rtasidagi ilk jang 1 iyun kuni Nyu-York shahrida o'tkazilib, unda Ruis raqibini ettinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.
Fikrlar