So’nggi yangiliklar

07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0

22 iyu 07:47
Yangiliklar

Futbol

Rasman: SHerzod Esanov "Andijon"dan RPL klubiga o'tdi

"Andijon" yarim himoyachisi SHerzod Esanov faoliyatini RPLning "Akron" jamoasida davom ettiradi.

"Transfer oynasi ochilgan mahalda selekciya ishlari yanada jiddiy tus olgan. Malumki, «Andijon» tarkibida ko'plab iqtidorli, kelajagi porloq futbolchilar talaygina. Ular jamoamiz safida to'p surish orqali o'zlarini ko'rsatishmoqda va ko'plab skautlarning etiborini tortmoqda.

Qolaversa, jamoamizda transfer siyosati to'g'ri yo'nalishda olib borilayotgani o'z samarasini bermoqda. 

Jumladan, 21 yoshli yarim himoyachimiz, yoshlar terma jamoasi azosi SHerzod Esanovga Rossiyaning «Akron» jamoasidan jiddiy taklif tushdi. Natijada ikkala klub tomonidan olib borilgan muzokaralardan so'ng Esanov «Akron» jamoasiga transfer qilindi.

SHuni alohida takidlash joizki, «Andijon» klubidan ilk bor Rossiya premer-ligasiga o'yinchi transfer qilinishi hamda shu yilning o'zida jamoamizdan ikkinchi futbolchining (birinchi trasnfer Rubin Xebay) xorij klubiga sotilishi amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mahsulidir.

SHerzod «Andijon» safiga 2022 yili qishda qo'shilgan bo'lib, qisqa fursat ichida o'z iqtidorini namoyish qila oldi. O'sha yilgi mavsumda Esanov «Andijon» safida chempionat va Kubok bahslarida hammasi bo'lib, 18 ta o'yinda maydonga tushib 3 ta gol urdi. O'tgan yilgi mavsumni ham jamoamiz bilan birga boshladi va 5 ta o'yinda qatnashdi. Ikkinchi davrada esa «Olimpik» klubiga ijaraga berildi. Joriy mavsum avvalida Esanov yana «Andijon»ga qaytdi. Mavsumning birinchi qismida u chempionat va Kubokda hammasi bo'lib 15 ta bellashuvda ishtirok etib, 2 ta gol muallifiga aylandi hamda muxlislarning mehrini qozondi.

SHerzod bugun kechki payt Toshkent-Moskva yo'nalishida jo'nab ketdi. Faoliyatida ilk bor legionerga aylangan futbolchimizni yangi jamoasida katta qiziqish bilan kutishmoqda.

Uning yangi klubi Tolyattining «Akron» klubi ilk bor Rossiya premer-ligasida ishtirok etmoqda. Esanovga «Andijon»dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga yangi klubida muvaffaqiyat tilaymiz", — deyiladi andijonliklar xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing