28 fev 08:16
Yangiliklar

Rasman. SHohjahon Ergashev 28 aprel kuni ringga ko'tariladi+FOTO
Hamyurtimiz ushbu belgilangan jangiga tayyorgarlikni boshladi. Ayni paytda engilmas bokschimiz azo bo'lgan “Salita Promoushens” promouterlik kompaniyasi vakillari bir necha nafar charm qo'lqop ustalari bilan muzokara olib borishyapti.
Yaqin kunlarda SHohjahonning 28 aprel kunidagi raqibi nomiga oydinlik kiritiladi. Hozirda Ergashev dunyo reytingida 12-o'rinni egallab turibdi. Yana bir qozonilajak g'alaba hamyurtimizning kuchli o'ntalikka kirib olishi uchun etarli bo'ladi.
Bu esa uning keyingi janglarida jahon chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilish imkoniyatlarini oshiradi. Buni to'g'ri anglab etgan bokschimiz mashg'ulotlarga zo'r bergan. Mashg'ulot esa alohida dastur asosida o'tkazilmoqda.
Fikrlar