13 dek 10:06
Yangiliklar

Rasman. SHohjahonning 12 yanvar kungi 12-jangi tasdiqlandi
Avval xabar berganimizdek, hamyurtimiz 12 yanvar kuni AQSHning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida amerikalik engilmas bokschi Soni Fredrikson (18-0, 12 KOs)ga qarshi ringga ko'tariladi.
“Jang sanasi va manzili rasman tasdiqlandi. Endi bor etiborni 12 yanvar kungi jangimga qarataman. Fredrikson kuchli bokschi. Men kabi barcha janglarini g'alaba bilan yakunlagan.
Agar bo'lajak jangda g'alaba qozonsam, reytingda kuchli o'ntalikka kirib olaman. Bu esa keyingi janglarimda chempionlik kamari uchun ringga chiqishim mumkinligini anglatadi”, - dedi saytimizga bergan intervyusida SHohjahon Ergashev.
Malumot uchun, amerikalik bokschi faoliyati davomida 18 marotaba jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alabaga erishgan. O'n ikkita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. SHohjahon esa 11ta jangining barchasini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan.
Fikrlar