21 iyu 12:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Spens - Porter birlashtiruvchi chempionlik jangi tasdiqlandi
Nihoyat, professional boksning yarim o'rta vazn toifasida birlashtiruvchi chempionlik jangi tasdiqlandi.
Unda IBF kamari sohibi Errol Spens hamda WBC yo'nalishi chempioni SHon Porter o'zaro chempionlik jangida ringga ko'tarilishadi. Ushbu jang 28 sentyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahridagi Staples Center arenada bo'lib o'tadi.
Oqshomning hisob bo'yicha ikkinchi markaziy jangi ikkinchi o'rta vazn toifasida o'tkaziladi. Unda WBC chempioni Entoni Dirrell ushbu chempionlik kamarining sobiq sohibi David Benavidesga qarshi ringga chiqadi. 22 yoshli Benavides qonida kokain moddasi topilgani bois diskvalifikaciya qilingan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar