19 iyu 10:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman: Uayt - Rivas jangi g'olibi vaqtinchalik WBC chempioniga aylanadi
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) 20 iyul kuni superog'ir vazn toifasida o'tkaziladigan jang chempionlik kamari uchun kechishini malum qildi.
Bizning vaqt bilan ertadan keyin Dillian Uayt hamda Oskar Rivas o'rtasida jang bo'lib o'tadi. Ushbu jang g'olibi vaqtinchalik WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.
Hozirda ushbu yo'nalishda amerikalik Deontey Uaylder to'laqonli chempion hisoblanadi. Vaqtinchalik chempion esa Uaylderga qarshi ringga chiqish imkoniyatiga ham ega bo'ladi. Uaylder bu holatda uzog'i bilan 2020 yilning 18 mayigacha Uayt yoki Rivasga qarshi jang o'tkazishi shart.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar