25 sen 19:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: UFC 269 kechasining markaziy jangida kimlar oktagonga ko'tarilishi malum
Engil vazn toifasida UFC chempioni CHarlz Oliveyra birinchi raqamli davogar Dastin Pore bilan jang qiladi.
MMAFighting nashrining xabar berishicha, ushbu jang UFC 269 turnirining asosiy jangi bo'ladi. Ushbu turnir 2021 yilning 11 dekabr kuni o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Oliveyra uchun Dastin Porega qarshi jang birinchi himoya jangi bo'ladi. Oliveyra Xabib Nurmagomedov faoliyatini tugatgach, vakant bo'lgan kamar uchun jangda Maykl CHendlerni mag'lub qilib, engil vaznda chempionga aylangandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar