19 jan 08:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. UFC Aleks Pereyra - Magomed Ankalaev chempionlik jangini elon qildi
8 mart kuni Las-Vegasdagi (AQSH) T-Mobile Arena majmuasida MMA bo'yicha UFC 313 turniri tashkil etiladi.
Turnirning markaziy jangi rasman elon qilindi.
Unga ko'ra, yarim og'ir vazn toifasi chempioni, braziliyalik Aleks Pereyra musobaqa doirasida rossiyalik birinchi raqamli davogar Magomed Ankalaev bilan to'qnash keladi.
Jang besh raunddan iborat bo'ladi.
Malumot o'rnida, bu Pereyra uchun beshinchi himoya jangiga aylanadi. Uning hisobida 12 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat mavjud. Magomed Ankalaev esa hozirga qadar 22 ta jang o'tkazib, 20 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.
Avvalroq, Aleks mazkur jangdan keyin og'ir vazn toifasiga o'tishi xabar qilingandi.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar