22 iyu 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. UFC ikki engilmas jangchi ishtirokida chempionlik jangini o'tkazadi
O'rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya navbatdagi jangini braziliyalik Paulo Kostaga qarshi o'tkazadigan bo'ldi.
Har ikki sportchi ham jang uchun taklif qilingan shartnomaga imzo chekishga ulgurishgan. Yaqin orada super to'qnashuvning qachon va qaerda o'tkazilishi malum qilinadi. Paulo UFC prezidenti Dena Uaytdan ushbu jang uchun 15 million dollar gonorar talab qilgan edi.
Malumot uchun, Israel faoliyati davomida o'n to'qqizta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan. Paulo ham raqibi cingari hali biror marta mag'lubiyat alamini tortib ko'rmagan. Uning MMAdagi natijasi - 13:0.
"UFCdagi yangi milliarderni kutib oling!", - deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Paulo.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar