08 dek 14:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. WBC Uaylder - Fyuri revansh jangini tasdiqladi
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) direktorlar kengashi bir ovozdan Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o'rtasidagi revansh jangining o'tkazilishini tasdiqlashdi.
“Butunjahon boks uyushmasi direktorlar kengashi superog'ir vazn toifasida WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylder hamda britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o'rtasida revansh jangining zudlik bilan o'tkazilishiga ovoz berdi.
Bokschilarning o'zlari ham bunga qarshi emas. Uaylder va Fyuri so'nggi yillardagi superog'ir vazn toifasidagi eng yaxshi, yorqin janglardan birini o'tkazishdi. Boks muxlislari ham revansh jangini ko'rish istagidalar. Tez orada tomonlar jang sanasi va manzili bo'yicha kelishib olishadi”, - dedi WBC prezidenti Mauricio Sulaymon.
Havola :
Fikrlar