14 dek 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi tasdiqlandi + FOTO
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangini Toni Fergyusonga qarshi o'tkazishi rasman elon qilindi.
Mazkur to'qnashuv 2020 yilning 18 aprel kuni UFC 249 turniri doirasida tashkil etiladi.
Qayd etish lozimki, har ikki sportchi ham UFCda 12 talik g'alabali seriyaga ega.
Bu Xabib va Toni o'rtasidagi jangni tashkil etishga beshinchi urinishdir. Bungacha 2015 yilning dekabri, 2016 yilning apreli, 2017 yilning marti va 2018 yilning aprel oylarida mazkur sportchilar o'rtasidagi jang tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ammo, turli sabablar, jumladan jarohatlar tufayli to'rt marotaba jang bekor qilingan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar