21 iyu 12:10
Yangiliklar
Rasman. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi belaruslik Tokio Olimpiadasi sovrindorining O'zbekiston tarkibiga o'tishini maqulladi
"Ijroiya qo'mitasi uch yillik kutish muddatidan ozod qilish haqidagi so'rovga rozi bo'ldi va sportchilarning Parijdagi Olimpiada o'yinlarida Milliy Olimpiya qo'mitalari vakili bo'lish huquqini tasdiqladi", deb yozdi XOQ vakili Kristian Klaue ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali.
Prakaten O'zbekiston terma jamoasiga safiga 2023 yilning aprel oyida o'tgan edi. U Osiyo o'yinlarida mamlakatimizga oltin medalni taqdim etgan edi.
Malumot uchun, Anna Minskda tug'ilgan va 2016 yilgacha Belarus terma jamoasi safida harakat qilgan, keyin esa Rossiya terma jamoasiga o'tgan. Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida u yakkalik bahslarida kumush medalni qo'lga kiritgandi. Parijdagi musobaqada ham Anna O'zbekiston safida yakkalik dasturida chiqish qiladi.
Fikrlar