27 iyu 10:07
Yangiliklar

Rasman. XOQ AIBAni chetlatdi
Lekin boks Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari dasturida qoldi. AIBA o'z huquqlari va mavqeyini faqat Olimpiadadan keyingina tiklashi mumkin bo'ladi. Olimpiya boks turnirini tashkil qilish bilan esa XOQ qoshidagi maxsus komissiya shug'ullanadi. Ushbu komissiyaga xalqaro gimnastika federaciyasi prezidenti Morinari Vatanabe rahbalik qiladi.
Malumotda keltirilishicha, Tokio Olimpiadasining boks musobaqasida 286 nafar bokschi (186 erkak, 100 ayol) ishtirok etadi. Erkaklar 8, ayollar 5 ta vazn toifasida ringga ko'tarilishadi. Olimpiadaga saralash turniri to'rtta qitada yanvar oyidan boshlanib, mayga qadar davom etadi. Xabarda Xitoy, Senegal (Dakar), Buyuk Britaniya (London) va Argentina (Buenos-Ayres) mamlakatlari saralash turnirlariga mezbonlik qilishi aytilgan. Butunjahon kvalifikacion turniri esa may oyida Yaponiyada bo'lib o'tadi.
Fikrlar