So’nggi yangiliklar

10:36Маҳмуд Мурадов ва Муроджон Аҳмадалиев Рамазон Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди 0 09:45Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" Ироқда, "Нефтчи" Фарғонада ўйнайди 0 08:37Алишер Ғаниев Жаҳон чемпионатида бронза медалига сазовор бўлди 0 22:36Пара Осиё ўйинларида тарих яратган паралимпиячиларни кутиб олиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:46Рамазон Темировнинг Каванага қарши жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:15Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилди! UFC 333 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0

09 sen 11:40
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Rasmiy startiga 10 kun qolgan Osiyo o'yinlari manzilida rekord darajadagi yog'ingarchilik sabab millionlab odamlar evakuaciya qilinmoqda

Yaponiyaning Aichi prefekturasida ikki kundan beri kuchli yomg'ir yog'moqda.

Nagoya shahrida rekord darajadagi yog'ingarchilik — soatiga 104,5 mm qayd etildi. "Yomiuri" nashrining xabar berishicha, shahar hokimiyati 2 million kishini evakuaciya qilmoqda.

SHaharning gavjum markazi — Sakae tumanida yo'llarni suv bosgan, suv sathi tizzagacha ko'tarilgan. Poezdlar, avtobuslar va boshqa jamoat transportlari qatnovi aynan tig'iz vaqtda to'xtatildi. Jumladan, JR, Meitetsu kompaniyalari, Nagoya shahar metrosi o'z ishini to'xtatdi. Nagoya vokzali yaqinida va boshqa joylarda uyiga qayta olmagan odamlar uchun vaqtinchalik joylashtirish punktlari tashkil etildi.

Yaponiya meteorologiya xizmati SHonay daryosi uchun "beshinchi darajali suv toshqini bo'yicha maxsus ogohlantirish" elon qildi. CHubu mintaqaviy rivojlanish byurosi malumotlariga ko'ra, prefektura hukumati tasarrufidagi 15 ta er osti o'tish yo'lidan ikkitasini suv bosgan. Hozircha jabrlanganlar haqida malumot kelib tushmagan.

Yog'ingarchilik rekordi Nagoya meteorologiya observatoriyasi tomonidan 8 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:53 dan 16:53 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida qayd etilgan. Avvalgi rekord (97 mm) Yaponiyada 2000 yil 11 sentyabrda Tokay hududida qayd etilgan edi.

Mahalliy meteorologiya observatoriyasi malumotlariga ko'ra, bugun, 9 sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar 24 soat ichida ayrim hududlarda yog'ingarchilik miqdori 200 mm ga etishi, 10 sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar esa yana 80 mm yog'in yog'ishi kutilmoqda. Agar chiziqli yomg'ir mintaqasi shakllanadigan bo'lsa, yog'ingarchilik miqdori mahalliy darajada yanada ortishi xavfi mavjud.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing