So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

04 noy 07:19
Yangiliklar

Kurash

Ravshan Dastirov IBWA vice-prezidentligiga saylandi

Avval xabar berganimizdek, 31 oktyabr – 3 noyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida kattalar o'rtasida belbog'li kurash (borba na poyasax, IBWA) bo'yicha 17-Jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada polvonlarimiz tomonidan bitta oltin, beshta kumush va oltita bronza medallari qo'lga kiritildi. Mazkur jahon chempionati doirasida xalqaro belbog'li kurash (borba na poyasax, IBWA) federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov Kongressi ham o'tkazildi.

Kongressda xalqaro federaciya prezidenti, vice-prezidenti, sport direktori hamda  hakamlar hayati raisligiga nomzodlar ko'rsatildi. Unda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovning nomzodi xalqaro belbog'li kurash (IBWA) federaciyasi vice-prezidentligiga ko'rsatildi. Delegatlar bir ovozdan Ravshan Dastirov nomzodini qo'llab-quvvatlashdi. 

SHu tariqa R. Dastirov IBWA vice-prezidenti lavozimiga saylandi.  Kongressda kelasi yili sentyabr oyida belbog'li kurash bo'yicha 17-20 yoshli sportchilar o'rtasidagi jahon chempionati Xorazm viloyatida o'tkazilishi xalqaro federaciya (IBWA)ning yilik taqvim-rejasiga kiritildi. 

Ushbu Kongressda shuningdek, Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokir Madaminov ham ishtirok etib, Xorazm viloyatida ham sportga, xususan belbog'li kurashga keng imkoniyat va sharoitlar yaratilgani, Osiyo va jahon chempionatlari, olimpiya o'yinlari sovrindorlari bo'y ko'rsatayotgani va turizm sohasida yuqori darajadagi ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani haqida takidlab o'tdi. Kongress yakunida milliy ko'rinishdagi esdalik sovg'alari ulashildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing