So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

16 jan 17:10
Yangiliklar

Futbol

Ravshan Haydarov: "Futbolchilarimiz jangovar holatda"

U-23 Osiyo Kubogi chorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston – Xitoy bellashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va yarim himoyachi Sardor Bahromov qatnashdi. 

"Assalomu alaykum. Barchaga xayrli kun. Oldimizga qo'yilgan dastlabki vazifani bajarib, shu bosqichga etib kelganimizdan xursandmiz. Pley-offga chiqqan barcha jamoalarni qutlaymiz. Ertaga maqsadlarimizga erishish yo'lidagi eng muhim o'yin bo'lib o'tadi. Tiklanish jarayonidan o'tib, Xitoyning o'yinlarni tahlil qilib chiqdik. O'ylaymanki, jamoamiz o'yinga shay holatda.

Ertaga Ar Riyodda emas, nisbatan issiroq bo'lgan Jiddada o'ynashimiz noqulaylik tug'dirmaydimi? Albatta, aytganingizdek, biz Jiddaga ko'chib o'tdik. Bu erga moslashish jarayonini boshdan kechirmoqdamiz. Biroq farq juda katta emas. O'ylaymanki, bunday o'zgarishlar jamoamizga tasirini o'tkazmaydi.

Xitoydan ko'ra 1 kun ko'p dam olishimiz qandaydir ustunlik beradimi? SHu bir kunimizni uchib kelishga va yo'lga sarfladik. SHunga qaramay, Jiddaga moslashdik. Bu erda 2 ta mashg'ulot olib borishga ulgurdik. Nazariy mashg'ulotlar orqali Xitoy qanday o'ynashini yigitlarga tanishtirib boryapmiz. O'yinimizni yanada mukammalroq qilish harakatidamiz. Barcha kerakli narsalar qilinyapti. Ibraimovdan tashqari hamma jangovar holatda. Faqat shu futbolchimiz sariq kartochkalari 2 taga etgani uchun o'yinni o'tkazib yuboradi.

Xitoyni anchadan beri bilamiz. Ko'p musobaqalarda ro'baro' kelganmiz. Yildan yilga rivojlanish va tarkib o'zgarishi kuzatiladi. Ularda jamoa o'zining eng yaxshi paytiga kelgan va yaxshi avlod shakllangan. Xitoyda murabiylar shtabi ham anchadan buyon birga ishlab keladi. Hurmatga sazovor va kuchli jamoa. Ularning kuchli va zaif tomonlarini o'rganib, yigitlarga etkazyapmiz. Ertaga chiroyli o'yin bo'ladi.

Musobaqa uchun U-21 jamoamizni tanlab olganimiz futbol siyosatimizni rivojlantirishga mosdir. U-23 saralash musobaqalarida nisbatan yoshroq va aralash tarkibdan foydalanib kelmoqdamiz. Asosiy urg'u Olimpiada yoshidagi futbolchilarga qaratilgan. Olimpiada yo'llanmasini taqdim etuvchi keyingi U-23 turniriga futbolchilarni tayyorlab boramiz. Bu — biz tanlagan yo'l. U-23 Osiyo Kubogini hurmat qilamiz, biz bunga jiddiy yondashamiz. Hamma terma jamoaning musobaqadan maqsadi — milliy terma jamoaga ko'prik vazifasini bajarish", – dedi Haydarov.

"SHu bosqichga etib kelganimiz bilan O'zbekiston xalqini tabriklayman! Ertaga juda muhim o'yin kutib turibdi. Qiyin o'yinlarda maydonga tushdik, buyog'iga raqib tanlash yo'q. Xitoy bilan bahsda faqat g'alabani ko'zlab tushamiz.

Xitoy yaxshi jamoa. Bizdan yoshi kattalar ham, yoshi kichiklar ham ular bilan jangovar o'yin namoyish etgan. Ertaga o'zimizning ijobiy tomonlarimizni ko'rsatib, keyingi bosqichga chiqishga urinamiz", – deya fikr bildirdi Bahromov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing