So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

06 jan 16:39
Yangiliklar

Futbol

Ravshan Haydarov: "Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, jamoamizga ishonaman"

Teglar :  Ravshan Haydarov
U-23 Osiyo Kubogi "C" guruhi 1-tur uchrashuvlari oldidan O'zbekiston, Livan, Koreya va Eron murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va futbolchisi Saidumarxon Saidnurullaev ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Quyida barcha murabbiylarning fikri bilan tanishib chiqish imkoniga egasiz. 

"Eron bilan 1-turdagi to'qnashuv haqida nima deya olaman? Bir jamoa bo'lib, bir-birimizni qo'llab-quvvatlab o'ynashga harakat qilamiz. Eron juda kuchli jamoa. Ular bilan o'yinda astoydil kurash olib borishga urinamiz. Turnirda yutuqqa erishish uchun birinchi o'yinga jiddiy etibor qaratish lozim bo'ladi", – dedi koreyaliklar ustozi Li Min Son.

- Siz juda qiyin guruhdasiz. Eronning o'yinlari bilan tanishmisiz?

- Ha, guruh o'yinlari qiyin kechadi. O'yindan o'yinga qiyin bo'lib boraveradi. Eronning uchrashuvlarini tahlil qilib chiqdik, hujum chizig'i kuchli, yaxshi shakllangan jamoa. Biz ham munosib javob qaytarishimiz kerak. Hisobni biz ochsak, yaxshi bo'lardi. 

- Turnirga qanday tayyorgarliklar olib bordingiz?

- Biz bunga qadar 6 ta o'yin o'tkazdik. SHu uchrashuvlar davomida kamchiliklarni aniqlab, shuni to'g'rilashga urindim. Turnirga tayyorgarlik uchun malum vaqtga ega bo'ldik. Ham jismonan, ham ruhan yaxshi tayyorlandik deb o'ylayman.


"Birinchi navbatda, Saudiya Arabistoniga mezbonlik uchun minnatdorlik bildiraman. Guruhimizda hurmatga sazovor jamoalar yig'ilgan. Ertaga birinchi uchrashuvimiz Koreyaga qarshi kechadi. Bu bahsga jiddiy tayyorlandik. Jamoamiz kuchli va bu bahsga motivaciya bilan yondashyapmiz", – dedi Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Omid Ravanhah.

- Koreyaga qarshi bahsga qanchalik tayyorsizlar? 

- Biz texnik jihatdan barqaror bo'lmasak-da, Koreya doim kuchli jamoa bo'lib kelgan. Biroq biz o'z dasturimizga amal qilib, o'yinchilarimizning kuchidan kelib chiqib o'yin ko'rsatamiz. Raqiblarni hurmat qilamiz, ammo jang taklif etamiz.

Bizni qiyin uchrashuvlar kutib turibdi, chunki guruhimizdagi har bir jamoa o'z uslubiga ega. 

Koreya albatta kuchli jamoa. Biroq biz maydonga tushganda eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.


"Birinchi navbatda, professionallik uchun Saudiya Arabistoni tomoniga rahmat. Hamma narsa mukammal darajada shay holatga keltirilgan. Oxirgi 10 kunda reja asosida shug'ullandik. Livanda va uning tashqarisida to'p tepadigan yaxshi futbolchilarimiz bor. Muvaffaqiyat qozonish uchun imkoniyatga egamiz", – dedi Livan bosh murabbiyi Jamol Taha.

- O'zbekiston Osiyoda juda kuchli. Livan esa ushbu musobaqada ilk bor ishtirok etmoqda. Bu haqda nima deya olasiz?

- Albata, guruhimizdagi kuchli jamoa — bu O'zbekiston. 2018 yilda chempion bo'lgandi, 2024 yilda finalchiga aylangan. 

Eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatishga urinamiz. Tailandda mashg'ulotlar o'tkazib, Saudiya Arabistoniga etib keldik. Mutlaqo imkonsiz narsaning o'zi yo'q. O'zimizni ko'rsatishimizga imkon bor degan umiddaman.

Musobaqaga tayyorlanish uchun vaqtimiz ozlik qildi, ammo murabbiylar futbolchilar qanday imkoniyatga ega ekanligidan xabardor edi.


"Avvalambor, mana shu musobaqada ishtirok etayotganimizdan xursandmiz. Tashkiliy tomondan barchasi ajoyib, OFK hamda mahalliy tashkiliy qo'mitaga minnatdorlik bildiraman. Barcha jamoalarga omad tilayman", – dedi Haydarov.

"Biz bu musobaqani yaxshi ko'ramiz va hurmat qilamiz. Bu turnirda reytingimiz baland, har doim yuqori natijalar qayd etib kelamiz. O'ylaymanki, bu galgi musobaqada ham munosib ishtirok etib, yuqori natijaga erishamiz", – dedi Saidnurullaev. 

- Guruhdagi raqiblar haqida qanday fikrdasiz? 

Murabbiy: Albatta, guruhimizda kuchli jamoalar yig'ilgan. Ularning tajribalari va imkoniyatlarini bilamiz. Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman. Futbolchilar bilan suhbatda bu turnir ularga ko'prik vazifasini o'tab berishini aytib o'tdim.

Futbolchi: Tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Biz dastlab Toshkentda, keyin Qatarda yig'in o'tkazdik. Adaptaciya etarli bo'ldi. Asosiy maqsadimiz — musobaqada munosib qatnashib, yuqori natija qayd etish. 

- Ichki muhit haqida nima deysiz?

- Ichki muhit ajoyib, hamma yaxshi kayfiyatda. Oldimizda qanday turnir turganini bilamiz, jamoamiz musobaqaga 100 foiz tayyor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing