24 noy 11:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Ravshan Xojaev: "Rossiyadagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqchimiz"
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiylaridan biri Ravshan Xojaev Beloyarskiyda bo'lib o'tayotgan turnir haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ayni paytda bizda O'zbekiston chempionati ham bo'lib o'tmoqda. O'zbek boksi yulduzlari esa Gamburgda bo'lib o'tgan jahon chempionatidan so'ng bir oy dam olib, bu erdagi turnirga kelishdi. Biz ushbu musobaqaga Olimpiada chempioni va JCH sovrindorlarini olib kelganmiz. Yaxshi natijaga umid qilamiz. Biz bu shaharda ikkinchi marotaba qatnashmoqdamiz. Ilk marotaba ushbu musobaqada 2014 yilda qatnashgandik. Iliq qabul qilganliklari uchun turnir tashkilotchilariga, Beloyarskiy shahri meri Sergey Manenkovga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'taman", - dedi murabbiy.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar