10 sen 13:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Raxim CHaxkiev Valorini ikkinchi raundda nokautga uchratdi
Rossiyaning Moskva shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida birinchi og'ir vazn toifasining IBO yo'nalishida sobiq jahon chempioni rossiyalik Raxim CHaxkiev argentinalik Alexandro Valoriga qarshi ringga ko'tarildi.
Ring egasi ilk soniyalardan tashabbusni o'z qo'liga oldi. Birinchi raund oxirlarida Valori nokdaun holatiga tushib qoldi. Ikkinchi raund boshida esa CHaxkievning raqib tana qismiga bergan kuchli zarbasidan so'ng Valori nokautga uchradi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar