09 mar 21:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Rayhona Qodirova 1/4 finalda ringga ko'tarildi
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqa davom etmoqda.
Hozirgina hamyurtimiz Rayhona Qodirova (-60 kg) chorak final jangini yakunladi. Ilk davrada Yangi Zelandiya vakilasi Troy Gartonni mag'lub etgan yurtdoshimiz yarim final chiptasi uchun tailandlik Sudaporn Sisondiga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, ushbu jangda jahon chempionati sovrindori hisoblangan Sudaporn 5:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi va shu bilan birga Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu vaznda to'rtta yo'llanma o'ynalishi bois bokschimiz licenziyaga ega chiqa olmadi. Ushbu musobaqa Rayhona Qodirova uchun katta tajriba bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar