So’nggi yangiliklar

17:28Тайсон Фьюри Усик билан трилогия қачон бўлиши мумкинлигини айтди 0 16:42"Реал" "Борнмут" футболчиси учун курашга қўшилди 0 16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0

06 okt 16:42
Yangiliklar

Futbol

"Real" "Bornmut" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

Teglar :  Real
"Real" "Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skottni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Manbaning yozishicha, Ispaniya klubi vakillari Angliya terma jamoasining Rieka shahrida Xorvatiyaga qarshi kechgan bahsida (7:0) stadionda bo'lishgan. O'sha o'yinda 23 yoshli Skott milliy terma jamoa safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgandi. Tashrifning asosiy sabablaridan biri aynan u bo'lgan.

"Real" futbolchini kamida 3 marta shaxsan kuzatgan, jumladan "Bornmut"ning Evropa Ligasi doirasida "Real Sosedad"ga qarshi safar uchrashuvida ham.

Skott transfer poygasida peshqadam bo'lib turgan "CHelsi"ning uzoq muddatli nishoni hisoblanadi, shuningdek, "Liverpul" ham unga jiddiy qiziqishni saqlab qolmoqda. Biroq "Bornmut" o'z poziciyasida qatiy: klub futbolchini 2027 yilning yanvarida qo'yib yubormoqchi emas va unga yangi shartnoma taklif qilish ustida ishlamoqda.

"Real"dan tashqari, Skottni "Milan" ham kuzatib bormoqda, ammo italiyaliklar so'ralayotgan qariyb 90 million evrolik narx moliyaviy imkoniyatlaridan ancha yuqori ekanini tushunib turishibdi. "Bornmut" o'zining eng qimmatli futbolchilaridan birini saqlab qolish niyatida, biroq unga bo'lgan qiziqish tobora ortib borayotgani 2027 yilning yozida transfer amalga oshishiga olib kelishi mumkin.

Skott 2023 yilning avgustidan buyon "Bornmut" safida to'p tepib keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Xavbek 2025/26 yilgi mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing