05 may 18:21
Yangiliklar
Futbol
"Real" Garsiyani 60 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor
AS nashrining xabar berishicha, "Real" hujumchisi Gonsalo Garsiya klubni faqat 60 million evro evaziga tark eta oladi.
Manbaga ko'ra, Evropaning ko'plab jamoalari 22 yoshli ispaniyalik futbolchini kuzatib bormoqda. Biroq "Real" futbolchining shartnoma shartlariga qatiy amal qilmoqda va bundan kamiga rozi bo'lmaydi.
Garsiya 2025 yilning iyunidan beri "Real"ning asosiy jamoasida o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Madrid akademiyasi tarbiyalanuvchisi 2025/26 yilgi mavsum 35 o'yinda 6 ta to'p kiritdi hamda 3 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : AS
Fikrlar