05 may 15:33
Yangiliklar
Futbol
"Real" himoyachisi uzoq muddatga safdan chiqdi
"Real" himoyachisi Ferlan Mendi uzoq muddatga maydondan chetda qoladi.
Avvalroq “Qirollik klubi“ himoyachi Ispaniya chempionati 34-turida "Espanol"ga qarshi o'yinda o'ng oyoq to'g'ri mushak payini jarohatlab olgani haqida malum qilgandi.
COPE nashrining xabar berishicha, Mendining jarohatidan tiklanish muddati tahminan 5 oyni oladi - himoyachi operaciya qilinadi.
O'tgan yili Ferlan xuddi shunday jarohat tufayli 7 oy o'tkazib yuborgan. Francuz uchun bu joriy mavsumdagi to'rtinchi jarohat bo'ldi. Jami 2025/26 mavsumida Mendi "Real" safida barcha turnirlarda faqat 9 ta o'yin o'tkazdi.

Havola :
Fikrlar