09 may 07:30
Yangiliklar
Futbol
"Real" ikki futbolchisini jazoladi
"Real" matbuot xizmati Federiko Valverde va Orelen Tchuameni bilan bo'lgan holat yakunlari haqida malumot berdi.
Oldinroq tomonlar o'zaro janjallashgani borasida malumot bo'lgan va bu tasdiqlangandi.
"Real" bu borada tezkor yig'ilish o'tkazgan va unda futbolchilarga intizomiy jazo berildi.
"Futbolchilar o'zaro, klub, jamoadoshlari, murabbiylar va muxlislar oldida kechirim so'rashdi. Ikkala futbolchi ham istalgan jazo turiga loyiq ekanligini bildirishdi.
Holatdan kelib chiqib, ikkala futbolchi 500 ming evrodan jarimaga tortildi", - deb yoziladi klub bayonotida.
Havola :
Manba : realmadrid.com
Fikrlar