30 may 12:11
Yangiliklar
Futbol
"Real Madrid" qatorasiga beshinchi yil ushbu natijaga erishdi
Amerikaning nufuzli "Forbes" ishbilarmonlik jurnali 2026 yildagi dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini elon qildi.
Ro'yxatda Ispaniyaning "Real Madrid" klubi 9,5 milliard dollar qiymat bilan etakchilik qilmoqda. Qayd etish lozimki, "Qirollik klubi" ketma-ket beshinchi yil reytingning 1-pog'onasini band etib kelmoqda.
Ikkinchi o'rinni Ispaniyaning "Barselona" klubi (7,5 mlrd dollar), uchinchi o'rinni esa Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi (7,2 mlrd dollar) egalladi.
SHuningdek, kuchli o'nlikdan Angliyaning "Liverpul" (6,2 mlrd), Franciyaning PSJ (5,8 mlrd), Germaniyaning "Bavariya" (5,7 mlrd), Angliyaning "Manchester Siti" (5,5 mlrd), "Arsenal" (5,4 mlrd), "CHelsi" (4,2 mlrd) va "Tottenxem" (3 mlrd) klublari joy olgan.
Havola :
Manba : Forbes
Fikrlar