24 fev 17:24
Yangiliklar
Futbol
"Real" muxlislari uchun xushxabar
"Real"ning asosiy tarkib futbolchilaridan biri jarohatidan qutildi.
Antonio Ryudiger "Qirollik klubi" umumiy mashg'ulotiga qaytdi. Futbolchi "Sevilya"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahsdan avvalgi mashg'ulotda ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, nemis futbolchisi 1 fevral kuni "Xetafe"ga qarshi kechgan LaLiganing 20-tur o'yini birinchi bo'limida jarohat olgan edi.
"Real" hamda "Sevilya" o'rtasidagi bahs ertaga o'tkaziladi.
Havola :
Manba : El Chiringuito
Fikrlar