So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

10 dek 14:30
Yangiliklar

Futbol

"Real" va "Barselona" sobiq futbolchisi endi Qirg'iziston milliy terma jamoasini boshqaradi

Teglar :  Qirg'iziston
Bugun, 10 dekabr kuni Qirg'iziston futbol ittifoqi prezidenti Kamchibek Tashiev ishtirokida Robert Prosinechki bilan shartnoma imzolandi.

Kelishuv 1 yil va 1 oy muddatga mo'ljallangan bo'lib, agar jamoa "Osiyo Kubogi-2027"da muvaffaqiyatli ishtirok etsa, shartnoma yana 3 yilga uzaytiriladi.

Jahon futboli afsonasi Robert Prosinechki — "Real", "Barselona" va "Crvena Zvezda"ning sobiq futbolchisi, JCH-1998 bronza medali sohibi endilikda Qirg'iziston terma jamoasiga ustozlik qiladi!

Mutaxassis bunga qadar to'rtta milliy terma jamoani boshqargan:

  • Xorvatiya (2006–2010)

  • Ozarbayjon (2014–2017)

  • Bosniya va Gercegovina (2018–2019)

  • CHernogoriya (2024–2025)


Qirg'iziston terma jamoasining yangi ustozi Robert Prosinechki qanday futbolchi bo'lgan?

Robert Prosinechki — shunchaki murabbiy emas, balki 90-yillar jahon futbolining haqiqiy afsonalaridan biri. U o'yinni tashkil qilish, aniq pas va kuchli zarbalari bilan mashhur bo'lgan noyob istedod egasi edi.

Quyida uning futbolchilik faoliyatidagi eng muhim faktlarni keltirib o'tamiz:

  • Evropa cho'qqisi: Prosinechkining yulduzli onlari "Crvena Zvezda" klubi bilan bog'liq. U 1991 yilda Belgrad klubi safida Evropa CHempionlar kubogi (hozirgi CHempionlar ligasi) g'olibiga aylangan. U jamoaning "miyasi" hisoblanardi.

  • Ikki grand tarkibida: Xorvatiyalik yarim himoyachi Ispaniyaning azaliy raqiblari — ham "Real Madrid" (1991–1994), ham "Barselona" (1995–1996) safida to'p surgan tarixdagi kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi.

  • Terma jamoalardagi rekord: Prosinechki Jahon chempionatlari tarixida ikki xil davlat terma jamoasi safida gol urgan noyob futbolchidir (1990 yilda Yugoslaviya va 1998 yilda Xorvatiya tarkibida).

  • Jahon etirofi:

    • 1987 yilda Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi bo'lgan va turnirning "Eng yaxshi futbolchisi" (Oltin to'p) deb topilgan.

    • 1990 yilgi Jahon chempionatining "Eng yaxshi yosh futbolchisi" unvonini qo'lga kiritgan.

    • 1998 yilgi Franciyada o'tgan mundialda Xorvatiya terma jamoasi bilan bronza medallariga ega chiqqan.

  • APLdagi faoliyati: Faoliyatining so'nggi qismida Angliyaning "Portsmut" klubida o'ynab, jamoani quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qolgan va mahalliy muxlislar yoqimtoyiga aylangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing