09 apr 08:40
Yangiliklar
Futbol
"Real" yaxshi taklif tushsa, Kamavingani yozda sotib yuborishi mumkin
"Real" 23 yoshli yarim himoyachi Eduardu Kamavingani yozda foydali taklif tushsa, sotib yuborish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Bu haqda L’Équipe xabar bermoqda.
Nashr malumotlariga ko'ra, madrid klubi futbolchining o'z salohiyatini to'liq ro'yobga chiqara olmayotganidan norozi. Francuz endi jamoa uchun "teginib bo'lmaydigan" o'yinchi hisoblanmaydi va hozirda "Real"da qolishdan ko'ra ketishga yaqinroq turibdi. Uning faoliyatini davom ettirishi uchun eng ehtimoliy variant — Angliya Premer-ligasi bo'lib turibdi.
Kamavinga "Real"ga 2021 yil avgustida qo'shilgan, uning shartnomasi 2027 yilning yozigagacha tuzilgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 35 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Havola :
Manba : L'Equipe
Fikrlar