02 mar 10:33
Yangiliklar
Futbol
"Real"ga Alfonso Devisning narxi yoqmayapti
"Bavariya" rahbariyati chap qanot himoyachisi Alfonso Devis bilan 70 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor, deya xabar beradi Bild.
Ammo so'nggi oylarda 23 yoshli kanadalikka faol qiziqish bildirayotgan "Real" buncha pul to'lamoqchi emas. Madrid klubi myunxenliklar bilan muzokara jarayonini 30-35 mln evrolik taklif bilan boshlash niyatida va maksimal 40 mln evrodan ko'p bermoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, bu mavsumda Alfonso Devis barcha turnirlarda 27ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol va 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Himoyachining "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar