04 dek 13:11
Yangiliklar

Referi nima uchun Fyurining ikkinchi nokdaunidan keyin jangni to'xatmaganini tushuntirdi
Jang davomida Fyuri ikki bor nokdaun holatiga tushib qolgandi. Ayniqsa, ikkinchi vaziyatda hakam jangni to'xtatishi ham mumkin edi.
“Umumiy oladigan bo'lsak, Uaylder 12 raundlik jang mobaynida Fyuridan sezilarli ustunlikka ega bo'lmadi. Uning zarbalari Taysonni muvozanatdan chiqaradigan darajada emas edi. Bu juda yaqin jang bo'ldi. Britaniyalik bokschi birinchi nokdaun holatida o'rnidan ortiqcha qiyinchiliksiz turdi. Men atayin vaqtni cho'zmadim. Qoida doirasida hisobni ochdim va sanoqni amalga oshirdim. Fyuri sanoq yakuniga etmasidan oldin o'rnidan ko'tarila oldi”, - dedi Rays.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder ikkinchi nokdaun holatidan so'ng referi atayin vaqtni cho'zdi, deb hisoblagandi. Jang video yozuvchi qayta ko'rib chiqildi va FOX Sports telekanalida o'sha epizod namoyish etildi. Jek Rays qoida doirasida harakat qilgan. Fyuri sanoq boshlanganidan 9,9 soniya o'tgan bir vaqtda oyoqda tik turgan edi.
Fikrlar