22 apr 11:02
Yangiliklar

Regbi-7 bo'yicha O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Malayziyadagi xalqaro turnirda munosib ishtirok etishdi
Musobaqada O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etib, yakunda har ikki jamoamiz to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Ayollar terma jamoamizning natijalari:
• Yarim finalda qizlarimiz musobaqa mezbonlari — "Borneo Flyers" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 0:15 hisobi bilan raqiblar foydasiga yakunlandi.
• Bronza medali uchun o'yinda O'zbekiston jamoasi Singapur terma jamoasiga 14:21 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Urunlar mualliflari: Barno Utepbaeva, Gulshanbonu Mansurova
Realizaciya: Aynura Abzieva.
Erkaklar terma jamoamiz natijalari:
• CHorak finalda yigitlarimiz "All For One" jamoasi ustidan 19:12 hisobida g'alaba qozonishdi.
Urunlar mualliflari: Saidahmad Nig'monov, Sobirjon Xoliqulov
Realizaciya: Ruslan Ibragimov.
• Yarim finalda terma jamoamiz "Shaheeh 7s" jamoasiga 7:34 hisobida yutqazdi.
• Uchinchi o'rin uchun bahsda esa yigitlarimiz "Briars Rugby" jamoasiga 0:22 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Fikrlar